Sport | 07:40 / 26.08.2023
23476
1 daqiqa o‘qiladi
Artur Guliyev eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Bu medal Vadim Menkov g‘alabasidan 13 yil o‘tgach qo‘lga kiritildi.
Germaniyada o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Artur Guliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchi 200 metr masofa poygasida eng yaxshi - 38,729 soniya natijani qayd etib chempionlikka erishdi.
So‘nggi bor O‘zbekiston ushbu sport turi bo‘yicha jahon chempionatida 13 yil oldin medalga ega bo‘lgandi: Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Ikkinchi o‘rinni ispaniyalik Xoan Moreno (38,769), uchinchi o‘rinni polshalik Aleksey Kolyadix (39,046) qo‘lga kiritdi.