Sport | 08:12 / 26.08.2023
23511
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Parij-2024 olimpiadasi ilk yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Foto: MOQ

Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Sportchi ko‘pkurash dasturida 4 ta mashq yakunidan so‘ng 124,2 ball bilan 9-o‘rinni egalladi. Natijada Ikromova Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi 14 talikdan joy oldi. Shuningdek, sportchi bulava va tasmadagi mashqda final bosqichiga yo‘l oldi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yil 26 iyul – 11 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid