Hokimlar maktablarni ta’mirlashga kam mablag‘ ajratayotgani tanqid qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
Ma’lum qilinishicha, yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning o‘zida 350 ming yangi o‘quvchi o‘rinlariga maktabga talab bor.
Qoraqalpog‘iston – 50 ta, Farg‘ona – 46 ta, Samarqand – 37 ta, Jizzax – 33 ta, Andijon – 29 ta, Toshkent shahri – 28 ta, Xorazm – 24 ta, Qashqadaryo – 22 ta, Buxoro Namangan, Toshkent viloyati – 20 tadan, Surxondaryo – 17 ta, Sirdaryo va Navoiy – 14 tadan.
So‘nggi yillarda 70 ming o‘rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018 yilgacha jami 30 ta bo‘lgan). Toshkent shahri (134 ta) va Farg‘ona (60 ta) xususiy maktablar salmog‘i qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin, Navoiyda atigi – 3 ta, Surxondaryoda – 4 ta, Sirdaryoda – 7 ta xususiy maktab bor. Qo‘shimcha 150 ming o‘quv o‘rniga ehtiyoji bo‘lgan Samarqandda bor-yo‘g‘i 6 ming 300 o‘rinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.
Bildirilishicha, hokimlar o‘zlari ham mablag‘ topib, maktab infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risida “bosh qotirishi” kerak.
Maktablarni ta’mirlashga bu yil mahalliy budjetdan 135 milliard so‘m ajratilgan (1 ta o‘quvchiga nisbatan – 21 ming so‘m). Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablag‘ bermagan - Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari, Peshku, G‘allaorol, Paxtakor, G‘uzor, Qamashi, Muborak, Kasbi, Nurota, Qo‘shrabot, Narpay, Payariq, Paxtachi, Bandixon, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod, Oqoltin, Ohangaron, Bo‘ka, Chinoz, Rishton, Farg‘ona, Furqat, Yangibozor, Mirobod, Yakkasaroy tumanlari.
Mavzuga oid
18:35 / 03.10.2024
O‘zbekiston global bilimlar indeksida 78-o‘rinni egalladi
23:16 / 30.09.2024
Rossiyada migrantlar farzandlari maktabga imtihon bilan qabul qilinishi mumkin
21:10 / 30.09.2024
Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
13:51 / 30.09.2024