O‘zbekistonda qatorasiga uchinchi kun zilzila kuzatildi
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi 2-3 ballni tashkil etgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik; 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 200 km. Zilzila episentri Toshkentdan 539 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 3 ball, 269 km;
- Samarqand viloyatida 2-3 ball, 451 km;
- Jizzax viloyatida 2-3 ball, 454 km;
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 457 km;
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 463 km;
- Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 466 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 516 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 521 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 539 km.
Bu O‘zbekiston hududida qatorasiga uchinchi kun kichik zilzilalar kuzatilishi bo‘ldi. 26 avgust kuni tongda Jizzax viloyatida 3,6 magnitudali zilzila qayd etilgandi. 27 avgust kuni Andijon viloyatida ham 3 balli zilzila qayd etildi.
Mavzuga oid
20:59 / 14.10.2024
«Tolibon» OAVda tirik mavjudotlar tasvirini taqiqlashga va’da berdi
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
12:20 / 14.10.2024
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Afg‘onistonga bordi
16:50 / 11.10.2024