SpaceX’ning Crew Dragon kosmik kemasi XKSga tutashdi
SpaceX tomonidan ishlab chiqilgan kosmik kema EASA, JAXA, NASA astronavtlari va Roskosmos kosmonavtini Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazdi. Crew-7 missiyasi ekipaji XKSda olti oy qoladi.
Amerikalik milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga qarashli Crew Dragon boshqariladigan kosmik kemasi 27 avgust, yakshanba kuni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tutashdi.
Crew Dragon’ning Endurance kapsulasi XKSga avtomatik ravishda soat 13:16 (Toshkent vaqti bilan 18:16) da tutashdi, deb xabar beradi AQSh Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qilish milliy boshqarmasi o‘z sayti va X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Crew-7 missiyasi ekipaji - Roskosmos kosmonavti Konstantin Borisov, NASA astronavti Yasmin Mogbeli, Yevropa kosmik agentligi (EASA) astronavti Andreas Mogensen va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) astronavti Satoshi Furukava XKSda olti oy davomida qolishi rejalashtirilgan.
Crew Dragon kosmik kemasining uchirilishi 26 avgust kuni Kennedi kosmik markazidagi (Florida) kosmodromdan amalga oshirildi. XKSga parvoz bir kundan sal ko‘proq davom etdi.
Crew Dragon’da Rossiyaning uchinchi kosmonavti
TASS agentligining xabar berishicha, Konstantin Borisov Rossiya-AQSh o‘zaro parvozlar dasturi doirasida Crew Dragon kosmik kemasida XKSga uchgan uchinchi rossiyalik kosmonavt bo‘ldi. 2022 yil oktyabr oyida rossiyalik ayol Anna Kikina Crew-5 missiyasi ekipaji tarkibida XKSga yetib keldi, kosmonavt Andrey Fedyayev esa mart oyida Crew-6 missiyasi ekipaji tarkibida edi.
Mavzuga oid
17:20 / 20.11.2024
SpaceX oltinchi marta Starship raketasini sinovdan o‘tkazdi. Parvozni Donald Tramp ham kuzatib bordi
22:48 / 18.11.2024
Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
22:03 / 25.10.2024