O‘zbekiston | 08:02 / 29.08.2023
4651
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda Yaponiya tibbiyot universiteti filiali ochilishi mumkin
O‘zbekiston va Yaponiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Takarazuka tibbiyot va sog‘liqni saqlash universiteti rektori Nakamura Junichi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, unda ushbu oliy ta’lim muassasasi filialini O‘zbekistonda ochish va kelgusida bitiruvchilarni Yaponiyaga ishga jo‘natishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda mazkur universitetda 105 nafar o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning bandligini ta’minlashda yordam ko‘rsatadigan yapon kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
12:50 / 12.10.2024
Rossiya TIV Yaponiyaga AQSh bilan qo‘shma mashg‘ulotlar tufayli norozilik bildirdi
13:50 / 02.10.2024
O‘zbekistonda Oltoy o‘lkasi universitetlari filiali ochilishi mumkin
18:43 / 01.10.2024
Shigeru Ishiba Yaponiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi
12:10 / 01.10.2024