Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazidagi ko‘chaning bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi
Yakub Kolas ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Toshkent shahar Mirobod tumanining Yakub Kolas ko‘chasi hududida 18x6 metr uzunlikdagi 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 28 avgust kunidan 4 sentabr kuniga qadar Yakub Kolas ko‘chasining Mirobod tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi yonidan 20 metr uzunlikdagi (110-umumta’lim maktabi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.
Hokimlik haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.

Mavzuga oid
08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
11:37 / 22.04.2025