Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga 250 mln dollarlik yangi yordam paketi haqida e’lon qildi
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yana 250 million dollarlik harbiy yordam berishini e’lon qildi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, yangi paketga, xususan, havo hujumiga qarshi mudofaa uchun AIM-9M raketalari, HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun snaryadlar, 155 mm va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari, minalarni tozalash uskunalari, Javelin komplekslari, shuningdek, tankka qarshi boshqa tizimlar va raketalar kiradi.
Bundan tashqari, Kiyev o‘qotar qurollar uchun 3 milliondan ortiq o‘q-dorilar, tez yordam mashinalari, minalar va portlovchi to‘siqlarni olib tashlash uchun vositalar oladi.
«Rossiya har kuni Ukrainada fuqarolik infratuzilmasini vayron qilyapti, shuningdek, ochlikdan qurol sifatida foydalanyapti va Ukrainadagi fuqarolik portlari va don infratuzilmasini vayron qilish orqali global oziq-ovqat xavfsizligiga putur yetkazyapti», dedi AQSh Davlat departamenti rahbari.
«Buni Rossiya boshladi. U Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib, shafqatsiz hujumlarini to‘xtatib, urushni istalgan lahzada tugatishi mumkin. U shunday qilmaguncha, Qo‘shma Shtatlar, bizning ittifoqchilarimiz va sheriklarimiz qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha Ukraina bilan birga bo‘ladi», dedi Entoni Blinken.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025