Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Rossiyaga dronlar uchun ehtiyot qismlarini sotgan tadbirkor hibsga olindi
Asli kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Germaniya fuqarosi sanksiyalarni buzgan holda, «Orlan-10» UUA uchun butlovchi qismlarni yetkazib bergan. Prokuratura uni tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblamoqda.
Germaniya federal prokuraturasi Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlari uchun elektron komponentlar yetkazib berishda ayblanayotgan asli kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan tadbirkorga nisbatan tergov olib bormoqda, deb xabar berdi Karlsrue prokuraturasi 29 avgust, seshanba kuni.
Saar federal hududida ikkita kompaniyani boshqarayotgan tadbirkorga harbiy texnika ishlab chiqaruvchi Rossiya kompaniyasiga, jumladan, Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi tomonidan foydalanilgan «Orlan-10» dronlari uchun 26 ta elektron butlovchi qismlar yetkazib berish aybi qo‘yilgan.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish
Federal prokuratura xabarida qayd etilishicha, 2020 yilning yanvaridan 2023 yilning martigacha yetkazib berilgan umumiy qiymati 700 ming yevrodan ortiq bo‘lgan komponentlar Rossiyaga qarshi kiritilgan embargoni buzadi. Sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun tadbirkor avvaliga Germaniyaga mahsulot import qilgan, so‘ngra Baden-Vyurtembergdagi firmalardan biri orqali ularni Rossiyaga yetkazib bergan.
Karlsruedagi idora bayonotida aytilishicha, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlari boshlanganidan buyon uchuvchisiz uchoqlar uchun elektron komponentlar Rossiyaga Dubay orqali, shuningdek, Litva va boshqa bir qancha davlatlar orqali yetkazib berildi.
Tadbirkor mart oyidan beri Mangeymdagi sud tomonidan chiqarilgan order asosida hibsda saqlanmoqda. O‘zining alohida ahamiyati tufayli ish federal prokuraturaga o‘tkazildi, u ham 28 avgust kuni ayblanuvchini hibsga olishga order berdi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025