Yaponiya bosh vaziri Fukushima dengiz mahsulotlari xavfsizligini ko‘rsatish uchun ularni yeb ko‘rsatdi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida va bir qator vazirlar Fukushima prefekturasi sohillaridan olib kelingan dengiz mahsulotlarini ommaviy tarzda tatib ko‘rishdi. Bu namoyishkorona tamaddi Yaponiya hukumati «Fukusima-1» atom elektrostansiyasi suvlari okeanga to‘kilayotgani sabab tanqidlar ostida qolgani fonida amalga oshirildi.
Yapon hukumati o‘tgan haftada AESdagi tozalangan suvni Tinch okeaniga oqizishga ruxsat berdi. Yaponlar buni keskin tanqid qilishdi. Mamlakat savdo vazirining aytishicha, bosh vazir ushbu suvlar to‘kilayotgan hududda tutilgan baliq, sakkizoyoq, dengiz mahsulotlari va guruchni tatib ko‘rgan.
24 avgust kuni Yaponiyaning Tokyo Electric Power kompaniyasi «Fukusima-1» AESidan chiqqan suvni tozalab, okeanga oqizishni boshladi. Bunga javoban Xitoy Yaponiyadan olib kiriladigan dengiz mahsulotlari importini taqiqlab qo‘ydi. Xalqaro atom energetikasi agentligi AESning tozalangan suvini okeanga oqizish xavfsiz ekanini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
12:50 / 12.10.2024
Rossiya TIV Yaponiyaga AQSh bilan qo‘shma mashg‘ulotlar tufayli norozilik bildirdi
18:43 / 01.10.2024
Shigeru Ishiba Yaponiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi
12:10 / 01.10.2024
Yaponiyada muddatidan oldin saylovlar o‘tkaziladi
23:21 / 30.09.2024