Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz – nizolarni urush bilan emas, tinchlik bilan hal etish yo‘lini tanlaydigan xalqmiz» - Shavkat Mirziyoyev
Prezident o‘zbeklar barcha xalqlar bilan hamisha murosai madora, do‘stlik va hamkorlikda yashab kelgani, bugungi taraqqiyot yo‘lida ham aynan shu tamoyillarga tayanishini aytib o‘tdi.
«Yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning dunyoviy davlat va turli madaniyatlarni birlashtirgan makon ekani aniq belgilab qo‘yildi. Bizning kuch-qudratimiz – mana shunda, biz bu boylikni ko‘z qorachig‘idek asrashimiz kerak. Tarixga qaraydigan bo‘lsak, asrlar davomida yurtimizda turli xil e’tiqod va qarashlar, dinlar, madaniyatlar bag‘rikenglik bilan qabul qilinganini ko‘ramiz.
Biz – nizolarni urush bilan emas, tinchlik bilan hal etish yo‘lini tanlaydigan xalqmiz. Biz barcha xalqlar bilan hamisha murosai madora, do‘stlik va hamkorlikda yashab kelganmiz. Bugungi taraqqiyot yo‘limizda ham aynan shu tamoyillarga tayanamiz», dedi prezident mustaqillikning 32 yilligi tantanalarida.
Qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilash ahamiyati qayd etilgan.
«Prezident sifatida dastlabki ishlarimdan biri qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatish bo‘ldi. Yillar davomida yechimini kutayotgan muammolar hal etildi. Buning natijasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha sohalardagi aloqalarimiz yangi bosqichga chiqdi», degan davlat rahbari.
Mavzuga oid
11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari
13:00 / 09.11.2023