Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada yuk mashinasi quladi va 5 million asalari «ozodlikka uchib chiqdi»
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida asalari uyalari yo‘lga sochildi.
Kanadaning Ontario shtati, Berlington shahrida g‘aroyib voqea sodir bo‘ldi. Yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli o‘nlab asalari uyalari katta yo‘lga sochilib ketdi. Oqibatda besh million asalari «ozodlikka uchib chiqdi».
«Qutilar yo‘lga sochildi va asalari to‘dalari uchib chiqdi», dedi bu haqda politsiyachi Rayan Anderson. Qayd qilinishicha, asalarilar voqea joyiga yetib borgan ilk odamlarni chaqishga ulgurgan.
Politsiya haydovchilarni ushbu hududdan o‘tayotganda oynalarni berkitib qo‘yish haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ogohlantirgan. Piyodalarni esa bu hududga umuman yaqinlashmaslikka chaqirgan.
Voqea joyiga bir necha nafar asalarichi-mutaxassis yordamga yetib kelgan. Natijada, besh million hasharotning aksariyati qutilarga qaytarilgan. Qaytmaganlari uchun har ehtimolga qarshi ba’zi uyalar qoldirilgan.
Qayd qilinishicha, Kanadada 2008 yilda ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan va 12 million asalari bo‘lgan uyalar yuk mashinasidan katta yo‘lga sochilgan edi.
2017 yilda AQSh Kaliforniya shtatida sodir bo‘lgan xuddi shunday baxtsiz hodisa oqibatida millionlab asalari nobud bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025