O‘zbekiston | 09:06 / 31.08.2023
4097
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent bozorlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi

Mahsulotlar narxi pasayishiga bozorlarda fermer va dehqonlarga savdo nuqtalari bepul berilishi asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Foto: Kun.uz

Poytaxt bozorlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari o‘z ishini boshladi.

“Yangi O‘zbekiston” nashri xabariga ko‘ra, Mustaqillik bayrami arafasida yo‘lga qo‘yilgan savdolar ertalab 8:00 dan boshlanadi va 12 soat davom etadi.

Yarmarkalarda mol go‘shtini 60 000, qo‘y go‘shtini 65 000, bir dona tuxumni 1 200, kartoshkani 3 000-3 500, piyozni 2500, guruchni 11 000-18 000, shakarni 12 000-13 000, 0,8 litrlik paxta yog‘ini 12 000 so‘mga xarid qilish imkoni bor.

Mahsulotlarga narxlarning pasayishiga mutasaddilar bozorlarda fermer va dehqonlarga savdo nuqtalarini bepul berishi asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid