Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmatiga bir qator vakolatlar berilmoqda
G‘aznachilik xizmatini ko‘rsatishda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishida vujudga kelayotgan noaniqliklarga barham beriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining «Moliya vazirligi axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi va ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Buyruq bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga bir qator vakolatlar berilmoqda.
Jumladan:
- budjet tashkilotlari va Davlat maqsadli jamg‘armalarning chet el valutasidagi xarajatlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish;
- ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarga shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish.
Buyruq bilan jami 17 ta boshqa maqsadli jamg‘arma nomlari tasdiqlanib, ularga shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish tartibi belgilandi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, buyruqning qabul qilinishi natijasida g‘aznachilik xizmatini ko‘rsatishda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishida vujudga kelayotgan noaniqliklarga barham beriladi.
Mavzuga oid
09:10 / 19.07.2024
O‘zbekistonda ombudsman vakolatlari kengaytirilishi mumkin
07:20 / 14.06.2024
Majlislarda uzrli sabablarsiz qatnashmagan deputatlar vakolati muddatidan ilgari tugatilishi mumkin
09:25 / 07.03.2024
Milliy gvardiya organlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi rejalashtirilmoqda
12:02 / 25.11.2023