Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mevalari Rossiyaning yana 3 ta shahrida sotila boshlaydi
O‘zbekiston mevalari bugundan boshlab Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi faoliyati doirasida Rossiyaning Uraldagi yirik shirkatlar bilan aloqalarini rivojlantirib bormoqda, deb xabar beradi “Dunyo”.
Shu maqsadda O‘zbekiston diplomatlari joriy yilning 15 avgustida Chelyabinsk va Kurgan shaharlariga amalga oshirgan tashriflari doirasida “Metropolis” savdo tarmog‘i (Chelyabinsk, Kurgan va Ufadagi 100 ga yaqin oziq-ovqat do‘konlariga ega) rahbari Maksim Slavin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv natijasida Farg‘ona viloyati Quva tumani Bo‘ston qishloq fuqarolar yig‘inidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga ixtisoslashgan MChJ bilan “Metropolis” savdo tarmog‘i o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Ikki shirkat o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 17 avgustda “Metropolis” savdo tarmog‘iga qarashli “Perekrestok” va MChJ o‘rtasida 500 million rubl miqdorida shartnoma imzolandi.
Joriy yilning 29 avgustida 20 tonna nektarin navli shaftoli ortilgan birinchi yuk mashina Kurgan shahriga kirib kelgan va “Perekrestok”ga qarashli omborxonaga tushirilgan.
O‘zbekiston mevalari bugundan boshlab Kurgan, Chelyabinsk va Ufa shaharlarining savdo rastalarida sotila boshlaydi.
Mavzuga oid

13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda

10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

21:34 / 27.05.2025