Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ogohlikka chaqirildi
Migrantlardan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslik, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik so‘raldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini ogohlikka chaqirdi.
«So‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Agentlik O‘zbekiston Jinoyat kodeksida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilganini eslatdi.
Avvalroq, Rossiyaning bir qancha shaharlarida Rossiya armiyasiga xizmatga qabul qilish to‘g‘risida o‘zbek, tojik va qozoq tilidagi e’lonlar paydo bo‘lgandi. Xizmatga borishni istaganlarga pul mukofoti, Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish va’da qilingan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025