Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4 sentabrdan boshlab qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi
Bu - poytaxtdagi ta’lim maskanlarida navbatdagi o‘quv yili boshlanishi bilan bog‘liq.
Toshkent shahrida 4 sentabr kunidan boshlab qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, poytaxtdagi ta’lim maskanlarida navbatdagi o‘quv yili boshlanishi tufayli jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar oqimi ortadi.
Shu sababli, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahrida 4 sentabr kunidan boshlab avtobus yo‘nalishlari soni 167 taga yetkazildi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshirildi.
Bildirilishicha, yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida, Toshkent shahrida 4 sentabr kunidan boshlab qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025