Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya sudi Alisher Usmonovning advokatlari ofisida tintuv o‘tkazilganini noqonuniy deb topdi
Frankfurt-Mayn sudi Myunxen advokatlik ofisida tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror jinoyatlarda gumon qilish uchun asos bo‘lmagan holda chiqarilgan deb hisobladi.
Frankfurt-Mayn sudi Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonovning manfaatlarini himoya qiluvchi Myunxen advokatlik ofisida o‘tkazilgan tintuvni noqonuniy deb topdi. Bu haqda 4 sentabr, dushanba kuni sud qaroriga tayanib, Die Zeit gazetasi xabar berdi.
Sud instansiyasiga ko‘ra, tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan holda qabul qilingan.
Myunxendagi advokatlik ofisiga qarshi jinoiy ish
2022 yil kuzida Frankfurt-Mayn prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan, so‘ngra fevral oyida Usmonov manfaatlarini himoya qilgan Myunxendagi advokatlik ofisida tintuv o‘tkazgandi. Ular tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda gumon qilingan. Tergovchilar fikricha, advokatlar olgan 100 ming yevro avans to‘lovi Usmonov tomonidan Yevropadagi shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatilishi mumkin edi, bu esa qo‘llangan sanksiyalarni buzadi.
May oyida Frankfurt-Mayn sudi shahar prokuraturasi ruxsati bilan Usmonovning ko‘chmas mulklarida o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy harakat deb topdi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025