Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
5 sentabr kuni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
«Hududgaz Poytaxt» xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ushbu tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Mirobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha: Banokatiy mahallasi; «Korzinka» supermarketi.
Sergeli tumanida 11:00 dan 16:00 gacha: No‘g‘oyqo‘rg‘on mahallasining Sa’diy ko‘chasi; Nomdanak mahallasining Fayzli, Ziyokor 2-tor ko‘chasi; ushbu mahallalarda joylashgan 2 ta ulgurji iste’molchi.
Olmazor tumanining mahallalarida 11:00 dan 17:00 gacha: Ahil, Yangi Toshkent, Paxta, Moyariq, G‘ani A’zamov, Guruchariq.
«Hududgaz Poytaxt» GTF noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025