O‘zbekiston | 07:45 / 05.09.2023
2374
2 daqiqa o‘qiladi

Xivada 7-10 sentabr kunlari ilk marotaba xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi

Tadbirda xorijiy davlatlardan jami 1884 nafar, shundan 928 nafar xorijiy, 956 nafar mahalliy mehmonlarning ishtiroki kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Xiva shahridagi «Ichan Qal’a» majmuasida 7-10 sentabr kunlari ilk marotaba xalqaro etnosport festivali tashkil etiladi.

Festivalning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 8 sentabr kuni soat 19:00 da o‘tkaziladi.

Xalqaro etnosport festivali doirasida:

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlikda etnosport turlarini rivojlantirish va yanada ommalashtirish bo‘yicha forum;

hududlardan kelgan mohir oshpazlar ishtirokida ikki bo‘limdan iborat osh pishirish musobaqasi;

mamlakatda yetishtirilgan sara qovunlardan iborat qovun sayli;

xalq milliy madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik mahsulotlari hamda san’at asarlaridan ko‘rgazmali maydonchalar;

3 ta jahon chempionati (bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish, mas-restling, o‘zbek jang san’ati);

belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir;

6 ta sport turlari bo‘yicha (turon yakkakurashi, kurashi, bel olish va uch kurashi, ot sporti turlari, kamondan otish va qushlar ovi) bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar;

12 ta milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘yinlar tashkil etiladi.

Tadbirda xorijiy davlatlardan jami 1884 nafar, shundan 928 nafar xorijiy, 956 nafar mahalliy mehmonlarning ishtiroki kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid