Jahon | 10:40 / 06.09.2023
4494
1 daqiqa o‘qiladi

Burkina Fasodagi terakt oqibatida 17 harbiy va 36 ko‘ngilli askar halok bo‘ldi

Burkina Faso shimolidagi Koumbri hududida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktiga noma’lum shaxslar hujum qildi.

Foto: Anadolu Agency

Burkina Faso shimolida sodir bo‘lgan terakt natijasida 17 harbiy va 36 ko‘ngilli askar halok bo‘ldi

Burkina Faso armiyasidan bo‘lgan manbalarga ko‘ra, noma’lum shaxslar Koumbri hududidagi nazorat punktiga hujum qilgan. 

Oqibatda 17 nafar harbiy va 36 nafar ko‘ngilli askar halok bo‘ldi. 

2015 yildan beri Burkina Fasoda 2 milliondan ortiq odam xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan atigi 120 ming nafari o‘z yashash joyiga qaytgan. 

Mavzuga oid