Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Qirg‘izistondagi yirik loyihalarni moliyalashtirishga tayyor
Jahon bankining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi rahbari Navid Nakvi Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov bilan uchrashdi.
Jahon banki Qirg‘izistonning energetika, toza suv, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yirik loyihalarini moliyalashtirishga tayyor.
Bu haqda Jahon bankining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi rahbari Navid Nakvi Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov bilan Bishkekda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, muzokaralar chog‘ida tomonlar Jahon bankining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha yangi hadli dasturi, Qirg‘iziston va Jahon banki o‘rtasidagi kelishuvlar, energetika sanoatini rivojlantirish va Digital CASA loyihasini muhokama qilgan.
Oqilbek Japarov Jahon banki Qirg‘izistonning moslashuvchan moliyalashtirish, texnik va ekspertlik ko‘magi, rivojlanishning barcha asosiy yo‘nalishlarida muhim yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishonchli hamkori ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
09:55 / 21.05.2025