Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo kubogi U23 saralashi. O‘zbekiston Olimpiada-2024 sari yo‘lni 8:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo kubogi U23 saralash o‘yinlari «Ye» guruhi bahslarini yirik g‘alaba bilan boshladi.
Toshkentdagi «Jar» stadionida o‘tkazilgan 1-tur o‘yinida Temur Kapadze shogirdlari Afg‘onistonga qarshi saf tortib, raqibni tor-mor etdi. O‘yinda Jasur Jaloliddinov dublga erishgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Husayn Norchayev het-trik qayd etdi. Davronov, Odilov va Hamraliyev ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi – 8:1.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Eron Hongkong ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi. 2-turda O‘zbekiston 9 sentabr kuni Hongkongga qarshi o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, guruh g‘oliblari 2024 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo kubogiga yo‘llanma oladi. Qatardagi turnir esa Olimpiada-2024ga yo‘llanma beradi.
Osiyo kubogi U23. Saralash. 1-tur
O‘zbekiston U23 – Afg‘oniston U23 – 8:1
Gollar: 1:0 — 12, Jasur Jaloliddinov, 2:0 — 36, Alibek Davronov, 2:1 — 42, Umid Musavi, 3:1 — 48, Husayn Norchayev, 4:1 — 52, Husayn Norchayev, 5:1 — 54, Jasur Jaloliddinov, 6:1 — 86, Husayn Norchayev, 7:1 — 88, Alisher Odilov, 8:1 — 90, Muhammadqodir Hamraliyev.
O‘zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (3. Abduqodir Husanov, 56), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulugbek Hoshimov (22. Alisher Odilov, 82), 10. Jasur Jaloliddinov, 13. Mahmud Mahamadjonov (6. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 57), 17. Diyor Xolmatov (19. Husayn Norchayev, 46), 18. Alibek Davronov, 20 Ruslan Jiyanov (14. Abbosbek Fayzullayev, 46), 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Eron U23 – Hongkong U23 – 3:0.
Mavzuga oid
18:34 / 03.07.2024
O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
00:12 / 04.05.2024
Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi
22:43 / 03.05.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi
16:30 / 30.04.2024