Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaxarova: Kiyev o‘zi G‘arb qo‘lidagi «vosita» ekanini anglay boshladi
Shu tariqa, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilovning uchinchi jahon urushi allaqachon davom etayotgani haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
Kiyev dunyoni mustamlakachilik qaramligiga qaytarishga intilayotgan G‘arbning qo‘lidagi «vosita» ekanini anglay boshladi. Shu tariqa, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilovning uchinchi jahon urushi allaqachon davom etayotgani haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
«Mana! Nihoyat, «tanlanganlar»ga ham yetib bordi. Tanlanganlar vositaga aylandi. Bu Rossiya-Ukraina mojarosi emas, balki G‘arbning dunyoni mustamlakachilik qaramligiga qaytarishga, asrlar davomida o‘ziga bo‘ysunib kelgan jahon resurslarini saqlab qolishga va o‘zini boylik bilan to‘ldirishga qaratilgan global urinishi ekani yetib bordi», deb yozdi rossiyalik diplomat o‘zining Telegram-kanalida.
Shu bilan birga, Zaxarova Danilovning «hamma narsa ancha murakkab» degan so‘zlariga e’tibor qaratdi. «Bu Ukrainaning ushbu tarixiy davrda tutgan o‘rni haqida qisqacha ma’lumot emasmi?» - dedi diplomat.
Avvalroq Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov «agar kimdir uchinchi jahon urushi boshlanmadi, deb hisoblasa, bu katta xato» ekanini aytgandi. «U allaqachon boshlandi, gibrid davrda ma’lum vaqtda ketyapti, endi u faol fazaga kirdi. Agar kimdir Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu qarama-qarshilikni xato deb hisoblasa, unda hamma narsa ancha murakkabroq ekanini ham bilishi kerak», - deya ukrainalik siyosatchining so‘zlarini keltirgan Zaxarova o‘z postida.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025