Rossiya Mudofaa vazirligi qator hududlarda dronlar urib tushirilganini ma’lum qildi
Dronlar Bryansk, Rostov va Moskva viloyatlarida urib tushirilgan.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Bryansk viloyati hududida uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi. Bu haqda payshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Idoraning qayd etishicha, hodisa Moskva vaqti bilan soat 7:00 lar atrofida sodir bo‘lgan va hujum uchun samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati ishlatilgan.
Ma’lumot uchun, bu bir sutka ichida Bryansk viloyati uzra urib tushirilgan uchinchi uchuvchisiz uchish apparati bo‘ldi.
Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin ham Moskvaga hujumga urinish bartaraf etilganini ma’lum qildi.
«Bugun tunda Ramenskoye shahar okrugida havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvaga uchuvchisiz uchish apparati hujumi urinishining oldini oldi. Dron qismlari qulagan joyda vayronalar va jabrlanganlar yo‘q. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda», - deb yozdi Sobyanin Telegram-kanalida.
Bundan tashqari, Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev yo‘q qilingan ikkita dron haqida axborot berdi.
«Havo hujumidan mudofaa tizimlari 2 ta UUAni urib tushirdi, biri Rostovning g‘arbiy qismida shahar tashqarisida, ikkinchisi markazda, Pushkinskaya ko‘chasi, 42-uy yaqinida quladi. Natijada bir nechta avtomobillarga zarar yetdi. Bir kishi jarohat oldi. Tergov harakatlari olib borilmoqda», — deb yozdi u Telegram-kanalida.
Keyinroq Golubev Rostov-Don shahridagi Pushkinskaya ko‘chasida uchuvchisiz uchoq qulagan hududda favqulodda holat joriy etilishini aytdi.
Ayni paytda, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi uchta Ukraina uchuvchisiz uchog‘i navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingani, ulardan ikkitasi Rostov viloyati hududida va bittasi Moskva viloyatining Ramenskoye tumanida urib tushirilganini bildirdi.
Mavzuga oid
16:50
Bild: GFR va RF harbiylari umumiy musobaqalarda ishtirok etdi
16:30
“Dushman obrazi”, askar yetishmovchiligi va ksenofobiya - RFdagi migrantlarimizni kim himoya qiladi?
13:50
Ukraina tunda Rossiyaning 68 ta dronidan 31 tasini urib tushirdi
13:30