Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: yadroviy kuchlar o‘rtasida to‘plangan to‘qnashuv ehtimoli ochiq qarama-qarshilikka o‘tishi mumkin
Dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat yomonlashishda davom etmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ryabkov.
Yadro quroliga ega davlatlar o‘rtasida to‘plangan mojaro ehtimoli Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ochiq harbiy qarama-qarshilikka aylanib ketish xavfini tug‘dirmoqda. Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan «Yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustahkamlash» mintaqaviy seminarida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov aytib o‘tdi.
«Dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. To‘plangan va o‘z vaqtida to‘xtatilmagan mojaro ehtimoli, shu jumladan yadroviy kuchlar o‘rtasidagi mojaro potensiali allaqachon Yevroatlantika mintaqasida o‘ta keskin inqirozga olib keldi va u Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ochiq harbiy qarama-qarshilikka aylanib ketish xavfini tug‘diryapti», – dedi vazir o‘rinbosari.
Ryabkov teng va ajralmas xavfsizlik tamoyiliga rioya qilmasdan turib, yadroviy qurolsizlanish va yadroviy qurollarni nazorat qilish yo‘lida oldinga siljish mumkin emasligini ta’kidladi. Biroq, vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, amalda mutlaqo teskari tendensiyalar kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025