O‘zbekiston | 08:48 / 08.09.2023
6000
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Xitoy-Markaziy Osiyo qo‘shma laboratoriyasi tashkil qilindi

Laboratoriya hayvon suyaklarini o‘rganish va ular ustida biokimyoviy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashgan 2 ta qismdan iborat.

Foto: uzbektourism.uz

Samarqand shahrida joylashgan «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Xitoyning Shensi provinsiyasi bilan hamkorlikda «Inson va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha «Bir makon, bir yo‘l» Xitoy — Markaziy Osiyo qo‘shma laboratoriyasi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu ilmiy loyiha Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy universiteti tashabbusi bilan Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi binosida tashkil etilmoqda. 

Laboratoriya hayvon suyaklarini o‘rganish va ular ustida biokimyoviy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashgan 2 ta qismdan iborat bo‘lib, ushbu laboratoriyada O‘zbekiston hududida topilgan har qanday arxeologik qazishma materiallarini tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. 

Bugungi kunda, Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti tomonidan qiymati 1,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 36 turdagi jami 90 dona laboratoriya jihozlari va maxsus uskunalar xarid qilinib, universitetga olib kelindi va tez kunlarda jihozlash ishlari boshlanishi rejalashtirilgan. 

Laboratoriya qurilishini muvofiqlashtirish hamda jihozlash ishlari maxsus standartlar asosida bajarilishini nazorat qilish maqsadida Shimoli-g‘arbiy universitetining 2 nafar mutaxassisi laboratoriya qurilishida ishtirok etishmoqda.

Mavzuga oid