Jahon | 16:24 / 08.09.2023
14545
4 daqiqa o‘qiladi

Suv bosgan shaharlar va oqib ketgan avtomobillar: Turkiya, Gretsiya va Bolgariyada kuchli suv toshqinlari

Gretsiyaning materik qismi, shuningdek, Turkiya va Bolgariyada «Daniel» bo‘roni olib kelgan kuchli yomg‘irlar tufayli boshlangan kuchli suv toshqinlari davom etmoqda.

Gretsiyada suv toshqini oqibatlari. Foto: REUTERS

Gretsiyada suv toshqini oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, Bolgariyaning Qora dengiz sohilidagi hududlarida to‘rt kishi vafot etgan, Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni yetti nafarni tashkil etmoqda.

O‘tgan yozda Yevropaning janubiy qismi bir qancha ekstremal ob-havo hodisalarini boshdan kechirdi, jumladan rekord darajadagi jazirama va yong‘inlarni.

Ekstremal ob-havo sharoitlari keng tarqalishida iqlim o‘zgarishining rolini o‘rganayotgan, dunyo bo‘ylab turli mamlakatlardan bo‘lgan olimlarni jamlagan World Weather Attribution tadqiqoti mualliflari hisoblashicha, inson omili bo‘lmaganida, bu yozdagi voqealarni juda noyob holat sifatida hisoblash mumkin edi.

Gretsiya markazidagi Trikala shahrida suv ostida qolgan mashina. Foto: REUTERS

Asal oyini Gretsiyada o‘tkazish uchun Avstriyadan kelgan juftlik kuchli toshqin ular yashayotgan uyni yuvib ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Favqulodda xizmatlar xodimi BBC bilan suhbatda bu odamlarni qidirish ishlari davom etayotganini xabar qilgan. Uy egasining so‘zlariga ko‘ra, yoshlar yomg‘irdan qochib uyga kirgan, ammo uy sathi ko‘tarilgan suv ostida qolgan.

Gretsiyada vayron bo‘lgan ko‘prik. Foto: SAKIS MITROLIDIS

Gretsiyalik qutqaruvchilar mamlakat markaziy qismidagi chekka qishloqlarda yashovchi aholiga yetib borishga urinmoqda, bu hududlarga bir kun ichida bir yillik yog‘ingarchilik tushgan.

2023 yil 7 sentabr kuni yuqoridan olingan suratda Gretsiya markaziy qismidagi Karditsa shahri yaqinida joylashgan Farkadona qishlog‘i aks etgan. Foto: WILL VASSILOPOULOS

Gretsiya fuqarolik muhofazasi vaziri Vasilis Kikilias chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shtormni «misli ko‘rilmagan hodisa» deb baholadi.

Suv chekinganidan keyin Volos shahridagi plyaj chiqindixonaga aylandi
Foto: SAKIS MITROLIDIS
Gretsiyaning ayrim hududlarida 7 sentabr kuni ham yog‘ingarchilik davom etdi. Yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniq emas
Foto: GETTY IMAGES

Turkiyaning eng yirik shahri Istanbul ko‘chalarida ham suv avtomobillarni oqizib ketgan va odamlar mahalliy kutubxonada qamalib qolishgan.

Istanbulning suv bosgan ko‘chalari
Foto: YASIN AKGUL
Istanbulda suv ostida qolgan temiryo‘l konteynerlari
Foto: DIA IMAGES
Turkiya favqulodda xizmatlari va harbiylar bedarak yo‘qolganlarni tun-u kun qidirishmoqda
Foto: ANADOLU AGENCY
Chorshanbaga o‘tar kechasi Istanbulda kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berib, suv toshqinlari keltirib chiqardi.
Foto: Cem Tekkesinoglu/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Cem Tekkesinoglu/Anadolu Agency via Getty Images
Ayrim hududlarda ko‘chalar, yer osti o‘tish joylari va binolarning birinchi qavatlarini suv bosgan. Kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Foto: Sercan Ozkunazli/ dia images via Getty Images
Foto: Muhammed Enes Yildirim/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Muhammed Enes Yildirim/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Erhan Elaldi/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Muhammed Enes Yildirim/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Muhammed Enes Yildirim/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: Sercan Ozkunazli/ dia images via Getty Images
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo

Bolgariya hukumati qurbonlar haqida xabar bergan - bir ayol jasadi dengizga oqib ketgan.

Bolgariyaning Tsarevo shahri yaqinida dengizga oqib ketgan mashina
Foto: YORDAN ZHEKOV
Bolgariyaning markaziy qismidagi Slatina qishlog‘idagi vayrongarchiliklar
Foto: NIKOLAY DOYCHINOV

Mavzuga oid