Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Islom dini kiyimda ham me’yorni, haddini o‘rgatadi» - muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov kiyinish madaniyati haqida gapirdi.
«Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan bizga qolgan qoida bor. Islom dinida ma’lum bir forma qabul qilinmagan, mumkin ham emas bu, bu bir millatning dini emas, bitta iqlimga kelgan din emas. «Hamma mana shunday kiyim kiyishi kerak, mana bunday qilishi kerak», degan narsa yo‘q. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam, «Alloh taolo sizlarning ko‘rinishingizga, suratingizga, mol-u dunyoyingizga qaramaydi. Sizlarning taqvongizga, Allohdan qo‘rqishingizga qaraydi», deganlar. Allohdan qo‘rqishlik, taqvo - kiyim bilan o‘lchanmaydi.
Musulmon bo‘ldingmi, mana bu formaga o‘tishing kerak, degan gap yo‘q. Bu umuminsoniyat uchun yuborilgan – arablar o‘ziga xos, turklar o‘ziga xos, Indoneziya, Malayziyadagi musulmonlar o‘ziga xos kiyimini kiyadi. O‘zbeklar ham o‘ziga xos. Islom kiyimda ham me’yorni, haddini o‘rgatadi. Haddingni bil, behayo bo‘lib butun dunyoga sharmanda bo‘ladigan kiyimni ham kiyma, yoki qop-qora bo‘lib arabcha bo‘lib olma. Berkitish shart bo‘lmagan joylarni berkitishga buyurilmagan.
Me’yorda turishlik, haddini bilish talab qilinadi. Bizning mazhabimiz ayollarning yuzini berkitishiga buyurmagan, ayollar ma’lum bir kiyimni kiyishiga ham buyurmagan, qora kiysin, yuzini berkitsin, qop-qora qilib olsin, hatto qo‘liga qo‘lqop taqib olsin, degan narsa bizning mazhab ko‘rsatmasida yo‘q. Bizning mazhabda ayolning yuzi, qo‘llari, qadamlari avrat emas va ular uchun ham ma’lum bir kiyim talab qilinmaydi. Faqat avratni berkitishlik me’yori talab qilinadi. Boshqa narsa yo‘q», — dedi muftiy.
Mavzuga oid
11:11 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
21:45 / 28.02.2025
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov: Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi
20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi
13:56 / 02.07.2024