Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasida Misrning Activ Spors kompaniyasi rahbari Abu Zeyd Abdul Xafiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: Dunyo
Unda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, jumladan tekstil mahsulotlari, tayyor kiyimlar, xususan, sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Activ Spors kompaniyasi rahbari ushbu yo‘nalishda O‘zbekistondagi turdosh korxonalar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Misr vakiliga Zomin tumanidagi "Jizzax-2025" xalqaro biznes forumi haqida ma’lumot berildi.
Mavzuga oid

14:05 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

12:58 / 03.05.2025
Misrda o‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025