Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi
Kichik halqa yo‘li ko‘chasidan 60 metr uzunlikdagi (Toshkent Temiryo‘l texnikasi muzeyi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.
Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Mirobod tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismida 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 9 sentabr kuni soat 20:00 dan 10 sentabr kuni 09:00 gacha hamda 10 sentabr kuni 20:00 dan 11 sentabr kuni 09:00 ga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasidan 60 metr uzunlikdagi (Toshkent Temiryo‘l texnikasi muzeyi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025