4 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasi chaqirib olindi
Markaziy bank “Ozinterpay”, “Interpay Sys”, “Wooppay uz”, “Venkon group” kabi to‘lov tashkilotlarining litsenziyasini chaqirib oldi.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank 4 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi. Bunga sabab sifatida ularning ustav kapitali qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilmagani keltirilgan.
“O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonuni 25-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarorlariga asosan:
- “Ozinterpay” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
- “Interpay Sys” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
- “Wooppay uz” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
- “Venkon group” mas’uliyati cheklangan jamiyati
to‘lov tashkilotlarining ustav kapitali qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilmagani munosabati bilan to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olingani hamda to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarilgani ma’lum qilinadi”, deyiladi MB xabarida.
Mavzuga oid

20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025