Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 131 nafar o‘zbekistonlikning 120 ming dollar miqdoridagi oylik maoshi undirib berildi
Rossiya korxonasidan 131 nafar o‘zbekistonlikning 11 mln 517 ming rubl (120 ming AQSh dollari) miqdoridagi oylik maoshlari to‘liq undirilgan.
Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan.
Mazkur murojaat ishi doirasida markaz mas’ul xodimlari tomonidan ish beruvchi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida «SMU-161» korxonasidan 131 nafar o‘zbekistonlikning 11 mln 517 ming rubl (120 ming AQSh dollari) miqdoridagi oylik maoshlari to‘liq undirib berildi.
Bundan oldin Koreya Respublikasida O‘zbekiston fuqarolarining 148 ming dollar pullari undirib berilgandi.
2023 yilning avgust oyida 7 nafar o‘zbekistonlik fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.
Vakolatxona vakillari tomonidan murojaat asosida O‘zbekiston fuqarolarining 40 149 589 koreys voni (30 307 AQSh dollari) oylik ish haqi va sug‘urta mablag‘larini olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025