Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand – Izmir yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning Samarqand va Turkiyaning Izmir shahri o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan 2023 yil 12 sentabr kuni SunExpress aviakompaniyasiga Izmir–Samarqand–Izmir yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Aviakompaniya parvozlarni Boeing-737 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.
SunExpress — Turkiyaning Antaliya shahrida joylashgan aviakompaniya. Yevropa va Turkiya bo‘ylab muntazam va charter yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi. Asosiy bazasi - Antaliya aeroporti. Aviakompaniya 1989 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning 50 foiz ulushi Turkish Airlines va qolgan 50 foiz ulushi Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasiga tegishli.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025