Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Istirohat ko‘chasining bir qismi yopiladi
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘cha qismi 12 sentabrdan 17 sentabrgacha qisman yopiladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Shu ishlar doirasida, poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan Istirohat ko‘chasining Istirohat 2-tor ko‘chasi bilan kesishmasidan (Istirohat chorrahasi) Kichik halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismi 2023 yil 12 sentabrdan 17 sentabrgacha qisman yopiladi.
Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025