O‘zbekiston | 18:39 / 13.09.2023
5352
2 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi 8 oyda chet elda og‘ir vaziyatga tushgan 380 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

2023 yilning yanvar–avgust oylarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 180 mingdan ortiq fuqaroga turli xizmat ko‘rsatilgan. Jumladan, 1993 fuqaroga moddiy yordam berilgan.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

2023 yil boshidan iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bilan muzokaralarda 100 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni aniqlangan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatiga bag‘ishlagan AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, aniqlangan 20 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha talabnomalar olingan. O‘zbekistonlik fuqarolarning mehnat migratsiyasini kengaytirish maqsadida 10 ta xorijiy davlatning 74 ta vakolatli tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvlari imzolangan.

So‘nggi sakkiz oyda 28 ming 207 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Germaniya, Turkiya, Ruminiya, Bolgariya, Yaponiya, Litva, Polsha, Latviya davlatlarida manzilli ishlarga joylashtirilgan.

Agentlik shu davrda 180 mingga yaqin fuqaroga turli xizmat ko‘rsatgan. Shundan 160 mingdan ortig‘i maslahat xizmati hisoblanadi.

Shuningdek, og‘ir vaziyatga tushib qolgan 380 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan.

Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari o‘zbekistonlik fuqarolarga ish beruvchilardan 676 ming dollar ish haqini undirib berishda ko‘mak ko‘rsatgan.

Mavzuga oid