Jahon | 15:13 / 13.09.2023
21312
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Qora dengizdagi platformalarini qaytardi, Ruminiya chegarada bombapanagoh qurmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 566-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiyning ofisidagilar Ukraina Konstantinovkaning 6 sentabr kungi o‘qqa tutilishini tekshirmasligini ma’lum qildi: Kiyev uchun «barchasi ayon» — bu «Rossiya Federatsiyasining navbatdagi raketa zarbalaridan biri edi».
  • Yevrokomissiya sanksiyalar doirasida Rossiyadan shaxsiy buyumlarni olib kirish bo‘yicha pozitsiyasini yumshatdi. Idora endi shaxsiy maqsaddagi kiyim va kosmetika mahsulotlari olib o‘tilishini cheklamaydi — va bojxona organlarini avtomobillarni tekshirishga jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi.
  • Litva, Latviya va Estoniya o‘z chegaralaridan Rossiya raqamlari o‘rnatilgan avtomobillarni o‘tkazishni to‘xtatdi.
  • KXDR rahbari Kim Chen In zirhlangan poyezdda Rossiyaga keldi. U Putin bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Uchrashuvdagi asosiy mavzulardan biri, katta ehtimol bilan RFga qurol yetkazib berish masalasi bo‘ladi.
  • Ukrainadagi «Antonov» samolyotlari ishlab chiqaruvchisi dronlar tayyorlashni boshladi.
  • Ruminiya hududida rossiyaliklar droni qoldiqlari topilganidan keyin mamlakat hukumati chegaradagi hududlar aholisi foydalanishi uchun ikkita beton bombapanagoh qurishni boshladi.
  • Ukrainalik uchuvchilar tez orada F-16 qiruvchilarida uchishni o‘rganish uchun AQShga yetib boradi va ularning tayyorgarlik jarayoni mahorat darajasiga qarab uch oydan to‘qqiz oygacha davom etishi mumkin, deb xabar berdi jurnalistlarga AQSh Milliy gvardiyasi Harbiy-havo kuchlari rahbari Maykl Lo.
  • Ukraina «Boyko minoralari» — Qora dengizdagi gaz va neft platformalarini qaytarib oldi.

Zaporijjya oblasti aholisi evakuatsiyasi

Politsiyachi front chizig‘idan bir necha kilometr masofada joylashgan Stepnogorsk posyolkasidan evakuatsiya vaqtida 10 yoshli Dmitroga himoya nimchasi kiydirmoqda. Ushbu posyolkada elektr, gaz va suv yo‘q, u muntazam ravishda Rossiya tomonidan o‘qqa tutiladi

Ruminiya va Ukraina chegarasida bombapanagoh qurilishi

Ukrainaning Izmayil shahri yaqinidagi Ruminiyaning Plauru qishlog‘idan ikki yarim kilometr masofada joylashgan hududda 9 sentabr kuni dron parchalari topildi — bu RF armiyasi tomonidan qo‘llanadigan dronlarga mansub parchalar bo‘lib chiqdi. Bu Ruminiyada bir hafta ichida ikkinchi bor shunday hol kuzatilishi bo‘ldi: 4 sentabr kuni ham mamlakat hududiga rossiyaliklar droni qoldiqlari tushgandi. Rossiya tomoni vaziyat yuzasidan izoh bermagan. Buxarestdagilar rumin harbiylari jangovar shaylik holatida turishini ma’lum qilgan, Ruminiya-Ukraina chegarasida esa bombapanagohlar qurishga kirishilgan.

Dunay deltasida (dengizga quyilish qismida), poytaxt Buxarestdan taxminan 300 kilometr sharqda joylashgan Plauru qishlog‘i atrofida rossiyaliklar droni parchalari tushgan joy.
Mihai Barbu / AFP / Scanpix / LETA
Rumin armiyasi askarlari Plauru qishlog‘ida bombapanagoh qurmoqda
Mihai Barbu / AFP / Scanpix / LETA
Mihai Barbu / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastida insonparvarlik yordami tarqatilishi 

Mixaylo-Lukashevo qishlog‘i aholisi humanitar yordam qabul qilmoqda. Mixaylo-Lukashevo Zaporijjyadan taxminan 30 kilometr sharqda joylashgan
Pierre Crom / Getty Images
Pierre Crom / Getty Images
Insonparvarlik yordami ortilgan avtobus
Pierre Crom / Getty Images
Pierre Crom / Getty Images

Qora dengizdagi «Boyko minoralari»da ukrain jangchilari 

Ukraina Rossiya Qora dengizda 2014 yilda egallab olgan gaz va neft platformalar ustidan nazoratni qaytarib oldi. Britaniya razvedkasiga ko‘ra, keng ko‘lamli urush chog‘ida RF «Boyko minoralari»dan vertolyot maydonchasi, uzoq masofali raketa tizimlari va radiolokatsiya stansiyalari joylashtirishda foydalangan. Foto: Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi
Platformalar Yuriy Boyko sharafiga nomlangan — u Viktor Yanukovich prezidentligi davrida Ukraina energetika vaziri lavozimida ishlaganida ularni sotib olgandi. «Boyko minoralari» «Chornomornaftogaz»ga tegishli bo‘lgan, ammo Qrim anneksiya qilinganida Rossiya ularni milliylashtirgandi. Foto: Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi
Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, amaliyot vaqtida katerda harakatlangan maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilari rossiyaliklarning Su-30 qiruvchisi bilan jangga kirishib, unga shikast yetkazgan. RF mudofaa vazirligi ukrainlarning katerlari yo‘q qilingani haqida bir necha bor xabar bergandi, ammo Ukraina razvedkasining so‘nggi xabarini izohsiz qoldirdi. Foto: Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi

Kiyevdagi Xotira devoriga quroldoshi portretini ilayotgan harbiy xizmatchi

Ukrainalik harbiy frontda halok bo‘lgan quroldoshi suratini Ukraina TIV binosi yaqinidagi Xotira devoriga yopishtirmoqda
Oliver Weiken / dpa / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain artilleriyasi 

Ukrainalik harbiylar Amerikaning M109 o‘ziyurar gaubitsasidan Rossiya qo‘shinlari pozitsiyasiga zarba berishga tayyorlanmoqda
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishidan keyin ko‘tarilgan tutun 

Donetskka yo‘llangan navbatdagi zarbalardan keyin shahar uzra ko‘tarilgan tutun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid