Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘maklashadi
Qiymati 2 mln dollarga teng dastur Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilyapti.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Hatori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarmanlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyihada Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan dolzarb muammolarni hal qilish, Qoraqalpog‘iston aholisi o‘rtasida moslashish va chidamlilikni oshirishga ko‘maklashishda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda qayd etilishicha, ushbu tashabbus Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi tufayli amalga oshiriladi. Qiymati 2 million dollarga teng dastur Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bu orqali iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida joriy etilyapti.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025