Rossiya kompaniyalarining o‘zbekistonlik frilanserlarga talabi ortyapti
Mamlakat ish beruvchilari O‘zbekiston, Gurjiston, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi mutaxassislarga deyarli 1 mlrd rubl to‘lagan.
Rossiya kompaniyalari qo‘shni davlatlardan kadrlarni tez-tez yollay boshladi. Bular asosan O‘zbekiston, Gurjiston, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi mutaxassislardir. Bu haqda Spot yozmoqda.
Qayd etilishicha, ish beruvchi kompaniyalar soni so‘nggi bir yil ichida 190 dan 260 taga yetgan. Xorijiy kadrlarga to‘langan mablag‘ esa deyarli 1 mlrd rublni tashkil etdi, deydi Solar Staff vakili Aleksandr Norovyatkin:
«Agar qo‘shni davlatlar — Gruziya, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, bunday frilanserlarga jami 815 mln rubl to‘langan, bu o‘tgan yilga nisbatan uch barobar ko‘pdir».
Statistikaga ko‘ra, bunday ishchilar va ularni ishga yollamoqchi bo‘lgan kompaniyalar soni ortib bormoqda. Ular asosan reklama, ta’lim, elektron tijorat va OAV bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, dasturchilar, QA-muhandislari, mobil ishlab chiquvchilar, loyiha menejyerlari, umuman olganda, raqamli mahsulotlar bilan u yoki bu tarzda bog‘langan har bir mutaxassisdir.
Ish beruvchilar uchun frilanserlar bilan tuzilgan shartnomalar doimiy xodimlarga qaraganda foydaliroqdir. Shu tarzda kompaniyalar kamroq pul evaziga malakaliroq xodimlarni topishlari mumkin.
Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda o‘zbekistonlik frilanserlar qariyb 12 mln dollar daromad topgan. Shundan 9,5 mln dollar xorijiy platformalardan SWIFT orqali kelib tushgan bo‘lsa, 2,3 mln dollar esa Payoneer tizimi orqali o‘tkazilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p daromad olgan frilanserlar Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 11,4 mln dollar. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (129 ming dollar), Andijon (151 ming dollar) va Namangan (104 ming dollar) joylashgan.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
13:49 / 09.11.2024