Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi
15-17 sentabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugun va dam olish kunlari respublika barcha hududlari bo‘yicha kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shamol sharqdan esadi, faqat cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat +13...+18 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa havo +25...+30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 16-17 sentabr kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Poytaxtda 15-17 sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +15...+17 daraja, kunduz kunlari +27...+29 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025