Yevropa sudi ekofaollarning Rossiya hukumatiga qarshi da’vosini ko‘rib chiqmoqda
Rossiya Oliy sudi bir guruh ekologik faollarning Rossiya hukumati iqlim siyosatiga qarshi da’vosini rad etdi. Endilikda faollarning da’volarini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ko‘rib chiqmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHeS) bir guruh ekofaollardan Rossiya hukumatining iqlim siyosati bo‘yicha Rossiya hukumatiga qarshi da’vo arizasini qabul qildi, deya tasdiqladi 14 sentabr, payshanba kuni Strasburg sudi matbuot xizmati DW media-kompaniyasi so‘roviga javoban. Matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda mazkur hujjat o‘rganilmoqda.
2022 yil sentabr oyida bir guruh inson huquqlari va atrof-muhit faollari Rossiya iqlim strategiyasi Parij kelishuvlariga zid va rossiyaliklarning asosiy huquqlarini poymol etishi haqida da’vo tayyorlagan, biroq Rossiya Oliy sudi uni rad etgandi.
Da’vo 2022 yil 13 sentabrda - Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining ishtirokchisi bo‘lishni to‘xtatganidan uch kun oldin berilganligi sababli, agar Rossiya sudi tomonidan rad etilgan bo‘lsa, IHeS ushbu hujjatni ko‘rib chiqishi mumkin.
Rossiya iqlim siyosatiga qarshi da’vo
Da’vogarlar - Moskva Helsinki guruhi, «Ecohimoya!-Ayollar kengashi» harakati va 18 nafar Rossiya fuqarosi. Ular Rossiya prezidentining «Parnik gazlar tashlamalarini kamaytirish to‘g‘risida»gi farmoniga va 2050 yilgacha parnik gazlar tashlamalari past bo‘lishi nazarda tutilgan Rossiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga qarshi chiqmoqchi.
Da’voda aytilishicha, Rossiyaning iqlim strategiyasi kamida 2030 yilgacha parnik gazlar tashlamalarini ko‘paytirishni nazarda tutadi, Parij kelishuviga ko‘ra esa Rossiya uni kamaytirishi kerak. Shu bilan birga, parnik gazlar tashlamalarining ko‘payishi rossiyaliklar asosiy huquqlari, jumladan, hayot va salomatlik huquqini buzadi, deya ta’kidlanadi hujjatda.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024