Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyaning yangi bosh vaziri Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishga va’da berdi
Latviya parlamenti Evika Silinya boshchiligidagi yangi hukumatni tasdiqladi. U mamlakat mudofaa budjetini oshirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish niyatida.
Latviya Seymi 15 sentabr, juma kuni liberal-konservativ «Yangi birlik» partiyasidan bosh vazir Evika Silinya boshchiligidagi respublikaning yangi hukumatini tasdiqladi. 48 yoshli huquqshunos boshchiligidagi vazirlar mahkamasini 100 deputatdan 53 nafari qo‘llab-quvvatlagan, 39 nafar deputat esa qarshi ovoz bergan. Hukumatning yangi koalitsiyasiga «Yangi birlik»dan tashqari «Yashillar va dehqonlar ittifoqi» hamda so‘l-markazchi «Progressiv» partiyasi ham kirdi.
Parlamentda so‘zga chiqqan Evika Silinya, xususan, Latviyaning mudofaa budjetini oshirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishni va’da qildi. «Mudofaa budjetini oshiramiz va qurolli kuchlarimizni kuchaytiramiz. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz», - dedi u.
Ilgari Silinya Latviya farovonlik vaziri lavozimida ishlagan. Bosh vazir sifatida u avgust oyi o‘rtalarida hukumat tarqab ketganidan keyin iste’foga chiqishini e’lon qilgan partiyadoshi Krishyanis Karinshni almashtiradi. Karinsh o‘zining koalitsiyadagi hamkorlari - «Qo‘shma ro‘yxat» va «Milliy birlashuv»ni «farovonlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha ishlarga to‘sqinlik qilishda» aybladi. Yangi hukumatda Karinsh tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025