Sherali Jo‘rayev sovetlarning millatkushlik dasturini chippakka chiqargandi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevni xotirladi va uning o‘zbek xalqi oldidagi tarixiy xizmatlarini e’tirof etdi.
Bu inson bilan bog‘liq xotiralarim ko‘p, lekin Sherali Jo‘rayev haqida mayda voqealarni gapirgim kelmaydi. Men u inson haqida gapirganda jamiyat va xalq oldidagi o‘rni, xizmatlarini eslagim keladi.
Sherali Jo‘rayev ijodini men ikki qismga bo‘laman: mustaqillikkacha bo‘lgan davr va mustaqillikdan keyingi davr. Bu ikki davr bir-biridan katta farq qiladi. Bilamizki, Sherali Jo‘rayev ijodga kirib kelgan paytda millatko‘shlik propagandasi avj olgan edi. Millatni yo‘qotishga qaratilgan shunday dastur ishlayotgandi. Mana shu propaganda dasturini chippakka chiqargan odam – Sherali Jo‘rayev.
Bu dastur ayrim respublikalarda ish bergan ham. O‘zbek millatining o‘zbek ekanini eslatib turgan bu inson. Bu borada eng samarali mehnat qilgan odam edi shubhasiz. Aniq bilamanki, bu ishlarini maqsadli qilgan Sherali Jo‘rayev, bilib-bilmasdan, shunchaki chiroyli qo‘shiq aytish uchun emas. Hujumlarga qarshi turish maqsadida bo‘lgan.
Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri.
Mavzuga oid
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
14:45 / 18.11.2024
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi
14:58 / 03.11.2024
G‘arb va SSSR o‘rtasidagi josuslik o‘yinlari: Britaniyaga qochgan sovet mayori
18:18 / 31.10.2024