Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT sudi Ukrainaning Rossiyaga qarshi genotsid da’vosi bo‘yicha tinglovlarni boshladi
Haagadagi Xalqaro sud Ukrainaning Rossiyaga qarshi urush bilan bog‘liq genotsid konvensiyasini buzganligi haqidagi da’vosi bo‘yicha tinglovlarni boshladi.
Sud majlislari 18-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Birinchi kuni Rossiya tomoni so‘zga chiqadi, 19 sentabrda Ukrainaga so‘z beriladi, keyin sud ishda ishtirok etish uchun ariza bergan yana 30 dan ortiq davlatni eshitadi. Ular orasida Germaniya, Kanada, Estoniya va Finlandiya bor.
Ukraina 2022 yil 27 fevralda, jangovar harakatlar boshlanganidan uch kun o‘tib, genotsid konvensiyasini buzganlik uchun da’vo arizasi bilan chiqqan edi.
Xalqaro sud Birlashgan millatlar tashkilotining asosiy sud organi hisoblanadi. U 1946 yildan buyon faoliyat yuritib, davlatlar o‘rtasidagi huquqiy nizolarni xalqaro huquq me’yorlari asosida hal qiladi.
Sud qarori yakuniy hisoblanadi va ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Agar protsessda ishtirok etuvchi davlatlardan biri talabni bajarmasa, ikkinchi tomon BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilishi mumkin.
Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yilda qabul qilingan. Konvensiyada aytilishicha, genotsid ma’lum bir milliy guruh a’zolarini o‘ldirish, ularga og‘ir tan jarohati yetkazish va boshqalar shaklida ifodalanishi mumkin. Genotsidni sodir etgan shaxslar, shu jumladan genotsidda qatnashgan, undagan va sodir etishga uringan sheriklar jazolanadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025