O‘zbekiston | 10:26 / 18.09.2023
6637
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

«Ipak yo‘li. Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi» uch davlatda joylashgan 31 ta obektdan iborat.

Foto: YuNESKO

2023 yil 10-25 sentabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida YuNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya davomida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan «Ipak yo‘li. Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi» uch davlatda joylashgan 31 ta obektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.

Turli davrlardagi barcha obektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri - Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.

O‘zbekiston «Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori» nominatsiyasini taqdim etish bo‘yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.

Mavzuga oid