Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusning «Pirola» shtammi aniqlanmadi - Sanepidqo‘mita
Saniyatariya-epidemiologiya qo‘mitasi xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning «Pirola» nomli yangi shtammi keng tarqalayotgani, mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveytsariya, AQSh va Tailandda ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu vaqtgacha mamlakatimizda va qo‘shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan, deb xabar berdi Saniyatariya-epidemiologiya qo‘mitasi.
«Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligicha saqlanmoqda», deyiladi xabarda.
Sanepidqo‘mita Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillar natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonda kasallanganlarning 100 foizida «omikron» shtammining turli variantlari borligi aniqlangan.
Avvalroq, koronavirusning yangi, «Pirola» varianti ilgari aniqlangan «Omikron» variantiga nisbatan bir qator qo‘shimcha mutatsiyalarga egaligi va ancha yuqumliroq ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo uning og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Shu bilan birga, «Omikron» varianti uchun maxsus yaratilgan vaksinalar kasallikning og‘ir shakllarini va shifoxonaga yotqizishlar sonini kamaytirishda samarali ekani aniqlangan.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
23:06 / 04.09.2024
JSST: Xitoy barcha ma’lumotlarni taqdim etmaguncha COVID-19 pandemiyasi sababini aniqlab bo‘lmaydi
22:49 / 24.05.2024
2020-2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi oqibatida vafot etganlar soni ma’lum qilindi
22:04 / 20.05.2024