Rossiya va O‘zbekiston paxta kalavasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi
Hujjat 18 sentabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishida imzolandi.
Rossiya Sanoat va savdo vazirligi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida Rossiyaga paxta kalavasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi.
Ushbu hujjat 18 sentabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishida imzolandi.
O‘zbekistonda har yili 3 million tonnaga yaqin paxta xomashyosi yetishtiriladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublika dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ommaviy paxta terimi mavsumi sentabr-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratish hisobiga so‘nggi paytlarda mahalliy qayta ishlash ulushi 40 foizdan 100 foizga oshdi.
2023 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondan 424,5 million dollarlik ip-kalava eksport qilingan va 34 davlatga yetkazib berilgan. Rossiya 90,2 million dollarga ushbu mahsulotni sotib olgan, bu uchinchi ko‘rsatkich.
Mavzuga oid
20:08 / 27.11.2024
Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimi joriy etilishi kutilmayapti
19:39 / 27.11.2024
2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi
08:30 / 27.11.2024
G7 RFning yadroviy ritorikasini qoralab chiqdi
01:17 / 27.11.2024