O‘zbekiston | 07:42 / 22.09.2023
2220
1 daqiqa o‘qiladi

Notariuslar kadastr organlaridan ko‘proq ma’lumot oladi

Notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkasi va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham taqdim etiladi.

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar va kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra:

  • notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkasi va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham taqdim etiladi;
  • turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi.
  • Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.09.2023 yildan kuchga kirdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid