Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo O‘yinlari-2022. O‘zbekiston turnirni Hongkong ustidan qiyin g‘alaba bilan boshladi
Xitoyning Hangjou shahrida Osiyo O‘yinlari-2022 futbol dasturidan o‘rin olgan bahslar start oldi.
Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi 1-turda Hongkongga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Ulug‘bek Hoshimovning 65-daqiqadagi yagona goli vakillarimizga muhim g‘alabani keltirdi – 1:0.
Ma’lumot uchun, musobaqaning futbol dasturida «S» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston olimpiya jamoasining taqvimida o‘zgarish kuzatilgan. Qur’a natijasiga ko‘ra, ushbu kvartetdan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Suriya va Hongkong olimpiya jamoalari o‘rin olgandi, ammo guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston futbol jamoalari XIX Osiyo O‘yinlarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan. Vaziyatdan chiqish maqsadida O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi bu holat bo‘yicha Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi ma’lum qilingan.
Shu tariqa, O‘zbekiston 25 sentabr kuni Hongkongga qarshi navbatdagi bahsda maydonga tushib, 1-o‘rin sohibini aniqlaydi. Hozirga kelib ikki jamoa ham keyingi bosqich masalasini hal qilgan.
Osiyo O‘yinlari-2022. Futbol
1-tur. 22 sentabr (juma)
O‘zbekiston U23 – Hongkong U23 – 1:0
Gol: Ulug‘bek Hoshimov 65.
O‘zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasurbek Jaloliddinov, 14. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 17. Abdurauf Bo‘riyev, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev (Ulug‘bek Hoshimov, 46), 20. Ruslanbek Jiyanov.
Mavzuga oid
18:34 / 03.07.2024
O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
00:12 / 04.05.2024
Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi
22:43 / 03.05.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi
16:30 / 30.04.2024