O‘zbekiston | 07:49 / 22.09.2023
3799
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Surxondaryoda O‘zbekistonga kirish vizasini tanishlari yordamida 12 000 dollar evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 6 000 dollarni olgan ikki shaxs ushlandi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, unda fuqarolar B.K. va A.N. xorijiy davlat fuqarosi A.S.ning ishonchiga kirib, uning tanishi A.H. va oila a’zolariga O‘zbekistonga kirish vizasini tanishlari yordamida 12 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid